Yangi spektakl taqtimoti
Yangi spektakl taqtimoti
Xulio Kortasarning “Bemorlarning salomatligi” hikoyasi asosidagi Javlon Jovlievning “Farzandim ko‘zim qarog‘i” dramasining ichki ko‘rigida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy kengash a’zolari Tohir Do‘stmuxammedov hamda Karomat Isomovalar ishtirok etdi. Inson qadri aks etgan ushbu spektaklda og‘ir kassallikka uchragan va hayotining so‘nggi lahzalarini yashayotgan Onaizorga, yaqinlari tomonidan farzandining avtohalokat sababli vafot etganligini ayta olmaslik, o‘lgan o‘g‘li nomidan maktublar bitib yolg‘on bilan umrini uzaytirishga harakat qilishadi. Bu yolg‘onni bilib turib,Onaizor ular bilan baxtli va baxtsiz og‘riqli lahzalarni birga yashashi aks ettirildi.
Spektakl va ijro xususida mutaxassislar tomonidan iliq fikrlar va takliflar aytib o‘tildi. “Farzandim ko‘zim qarog‘i”spektakli bir ovozdan repertuar uchun qabul qilindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri