Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni

Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

13 yanvar kuni   Qarshi shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy qo‘rollar, tanklar, qurolli kuchlar armiyasi hamda harbiy saflar ishtirokida katta parad bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan A.Temur va uning navkarlari obrazlari ishtirok etib, ushbu bayram tadbiri shukuhini ko‘tardi. Tadbirda viloyatdagi IIB, harbiy qismlar, serjantlar maktabi va qurolli kuchlar xodimlari va boshqa viloyatning yetakchi rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati