QarDU hamda Texnika universitetlari  talabalari “Teatr kuni”da

QarDU hamda Texnika universitetlari  talabalari

“Teatr kuni”da

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.

22-oktyabr kuni soat 12:00 hamda 14:00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan Xulio Kartasarning “Bemorlarning salomatligi” hikoyasi asosidagi Javlon Jovlievning “Farzandim-ko‘zim qarog‘i” spektakli Qarshi davlat universiteti hamda Texnika universiteti talabalari uchun namoyish etildi. Spektaklda inson qadri, mushtipar onaning farzandlari mehri bilan nafas olishi, yaqinlarining o‘limini bilib turib, bu sirdan bexabarlikni mahorat bilan umrini oxirigacha tirik deb qabul qilish voqeliklari spektaklning bosh mezoni qilib olingan.

Spektakl talabalar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati