“Davlat bolalari” spektakli namoyish etildi
“Davlat bolalari” spektakli namoyish etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.
15 mart kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida R.Muxammadjonovning “Davlat bolalari” spektakli Qarshi xalqaro inovatsion tibbiyot texnikumi o‘quvchilari uchun namoyish etildi. Rejissyor – Farhod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda insoniy kechinmalarni ulug‘lashga e’tibor qaratilgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishida jami 200 nafar tomoshabin qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati