«SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!»

«SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!»

5 mart kuni soat 11:00da hamda 13:00da  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida  Xalqaro Xotin-qizlar kuni  munosabati bilan    «SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!» bayram konsert tadbiri  bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda TATUning Qarshi filiali hamda Jamoat salomatlik texnikumining olima ayollari, talaba yoshlari karnay-surnay va skripka sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

Bayram tadbirida go‘zal kuy-qo‘shiqlar, she’riy tabriklar, so‘z ustalarining chiqishi kechaga alohida fayz bag‘ishladi. Ayollar teatr ijodkorlarining konsert dasturini  go‘zal qo‘shiqlarga raqsga tushib, bayramona tarzda yuqori kayfiyat va davomli qarsaklar  bilan olqishlab turishdi. Ayniqsa, jonli musiqiy karaokeda zaldagi  xotin qizlarining barchasi retro qo‘shiqlarni zavq bilan o‘zlari ijro etishdi.   Bayram konserti ayollar uchun o‘ziga hos bayram tuhfasi bo‘ldi. Tadbirda jami 580 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati