“Nazm gulshanining ikki buyuk bog‘boni”
7 fevral kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodi bilan hamokrlikda “Muborak GQIZ”di qoshidagi “UNG Intellektual yoshlar markazi”ga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Nazm gulshanining ikki buyuk bog‘boni” nomli ma’naviy va ma’rifiy tabdir bo‘lib o‘tdi. Teatr ijodkorlari tomonidan A.Navoiy va Z.M.Bobur hayotiga oid teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda A.Navoiy va Z.Bobur qalamiga mansub g‘azallardan ashula va maqomlar jonli ijroda kuylandi. Jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishchi xodimlari tomonidan olqish va qarsaklar bilan qarshi olindi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.