“Milliy liboslar” chelenji.

“Milliy liboslar” chelenji.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan 7 fevral kuni  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida “Milliy liboslar” chelenji o‘tkazildi. Tadbirda teatrning ijodiy xodimlari, ustoz san’atkorlar milliy liboslarda ishxonaga tashrif buyurib, o‘zlarining milliylikka bo‘lgan ehtiromini namoyon etdilar. Shuningdek, shu kuni namoyish etilgan “Muhabbat” spektakli ishtirokchilari ham boshlarida do‘ppilari bilan turli rollarni ijro etishdi.

Mazkur chelenjni o‘tkazishdan maqsad xalqimiz madaniyati va milliy urf-odatlarini asrashdane iborat.  Milliy liboslar nafaqat an’anaviy kiyim sifatida, balki xalqimizning tarixi va qadriyatlari ramzi sifatida ham xizmat qiladi.

Milliy liboslar chelenji avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajakka yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ushbu sa’y-harakatlar milliylikni asrab-avaylash yo‘lidagi yana bir qadamdir.