“Teatr kuni”
“Teatr kuni”
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.
24 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi R.Muxammadjonovning “Davlat bolalari” spektakli Ibn Sino nomidagi “Qarshi salomatlik” texnikumi o‘quvchilari hamda harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiylar uchun uchun namoyish etildi. Rejissyor – Farhod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda insoniy kechinmalarni ulug‘lashga e’tibor qaratilgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishida jami 300 nafar tomoshabin qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati