XALQARO IJODIY HAMKORLIK: «DEVONA DUMRUL» SAHNA SARI!

XALQARO IJODIY HAMKORLIK:

«DEVONA DUMRUL» SAHNA SARI!

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrida navbatdagi yirik ijodiy loyihaga start berildi. Teatr sahnasida turkiyalik rejissor Kubilay Erdilikara tomonidan turk dramaturgi Gyungyor Dilmenning «Devona Dumrul» («Deli Dumrul») asari asosida spektakl sahnalaştiriş işlari boşlandi.

Ayni kunlarda teatrda qizg‘in ijodiy jarayon hukm surmoqda. Rejissyor va teatr ijodiy jamoasi asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini chuqur örganib, uning sahnaviy talqini ustida iş olib bormoqda. Spektakl tarjimasi Oybek Veysal o‘g‘li tomonidan amalga oşirilgan.

Kubilay Erdilikara Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri bilan ijodiy hamkorlikda iş olib borayotgan tajribali rejissor bölib, mazkur spektakl uning teatrimizdagi uçinçi sahna asari hisoblanadi.

Rejissorning avvalgi ijodiy işlari ham xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. Xususan, N.V.Gogolning «Tentakning yozmalari» spektakli bilan xalqaro teatr festivalida Gran-pri mukofotini qölga kiritgan. Molerning «Hasis» spektakli «Eng yaxshi liboslar» nominatsiyasi ğolibi bölgan.

Bu galgi ijodiy hamkorlik ham öziga xos sahnaviy izlanişlar, yangi badiiy yeçimlar va yuksak ijodiy natijalarga boy bölişi kutilmoqda.

Işonamizki, «Devona Dumrul» spektakli ham rejissorning avvalgi muvaffaqiyatli işlari qatorida munosib örin egallab, xalqaro teatr maydonida teatr jamoasining navbatdagi ijodiy yutuğiga aylanadi.

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati