SAHNADA JONLANGAN ŞOIR TAQDIRI

Bugun Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrida özbek xalqining iste’dodli şoiri, erk va ozodlik kuyçisi Usmon Nosirning murakkab va fojiali hayot yölini aks ettiruvşi «USMON» musiqali dramasining premerasi katta kötarinki ruhda bölib ötdi.

Javlon Jovlievning «Issiq qor» asari asosida sahnalaştirilgan mazkur spektakl «Döstlik» ordeni sohibi, taniqli rejissor Farhod Boynazarov talqinida tomoşabinlarga taqdim etildi. Premerada asar muallifi Javlon Jovliev ham iştirok etdi. Unga özbekona urf-odatlarga muvofiq tön kiydirilib, ijodiga va mehnatiga hurmat-ehtirom körsatildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi örinbosari A. Zakirov hamda  viloyat madaniyat boşqarmasi boşlig‘i I. Töraev,  sözga chiqib, spektaklning badiiy-tarbiyaviy ahamiyati, milliy adabiyotimiz va san’atimiz tarixida Usmon Nosir şaxsining tutgan örni haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Şuningdek, asar muallifi Javlon Jovliev ham premera munosabati bilan öz taassurotlari, spektaklning sahnaviy talqini va ijodiy jamoa mehnati haqida iliq fikrlarini bayon etdi.

Spektaklning sahnaviy va tasviriy yeçimi sahnalaştiruvçi rassom Ilhom Rustamov, qalblarga jöshqinlik bag‘ishlovçi musiqiy ariyalar va jozibali kuylar esa bastakor Olimjon Komiljonov ijodiga mansub.

 

Sahnada şoirning iztiroblarga töla hayoti, muhabbat va soğinch, erkka taşna qalbi, hayot sinovlari qarşisidagi matonati va sönmas iste’dodi öziga xos badiiy talqinda gavdalanadi. Xorazmlik aktyor Hikmat Matyaqubov ijrosidagi Usmon Nosir obrazi orqali şoirning içki keçinmalari, ruhiy iztiroblari, orzu-umidlari va bukulmas irodasi tomoşabin qalbiga yetib boradi.

Premera doirasida yana bir quvonçli voqea yuz berdi. Özbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyuşmasi tomonidan ta’sis etilgan «Teatr fidokori» kökrak nişoni spektaklning boş qahramoni Usmon Nosir obrazini mahorat bilan gavdalantirgan Hikmat Matyaqubovga, şuningdek, teatr aktyorlari Parda Nomdorov va Ötkir Boyqobilovlarga tantanali ravişda topşirildi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, san’at ahli, teatr muxlislari hamda adabiyot ixlosmandlari iştirok etdi. Spektakl tomoşabinlar tomonidan katta qiziqiş va samimiy olqişlar bilan kutib olindi.

«Usmon» — bu şunchaki sahna asari emas. Bu tarix bilan yuzlaşuv, şe’riyat bilan suhbat, millatning armonli farzandi taqdiriga nazar, erk va ozodlik yölidagi jasoratga ehtiromdir.

Premeradan yangragan olqişlar esa Usmon Nosirdek buyuk iste’dod sohibining xotirasi, uning ölmas satrlari va sahnada qayta jonlangan taqdiri xalq qalbida hamişa yaşaşini yana bir bor namoyon etdi.

Şoirlar ketadi, ammo ularning sözi qoladi. Usmon Nosirning ölmas şe’riyati va ozodlikka yög‘rilgan ruhi hamişa barhayot!