KO‘KDALADA MUSTAQILLIK ShUKUHI — YАNGI HAYОT VA YАNGI KELAJAK TARANNUMI

KO‘KDALADA MUSTAQILLIK ShUKUHI — YАNGI HAYОT VA YАNGI KELAJAK TARANNUMI

Ko‘kdala tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘tarinki ruhdagi bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etilgan tantanalar yurtdoshlarimizning Vatanga muhabbati, milliy g‘ururi va ertangi kunga ishonchini yana bir bor namoyon etgan fayzli bayramga aylandi.

Tantanalarda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham faol ishtirok etib, bayram dasturining tarixiy, sport va estrada bloklarida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Teatr ijodkorlarining tarixiy sahna ko‘rinishlari orqali yurtimizning shonli o‘tmishi, milliy qadriyatlari va istiqlol yillaridagi taraqqiyot yo‘li yorqin ifodalandi. Sport yo‘nalishidagi chiqishlar esa bayram ishtirokchilariga zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Screenshot
Screenshot
Screenshot

Estrada dasturida esa san’atning turli yo‘nalishlari uyg‘unlashib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalar taqdim etildi. Bayram sahnasi Toshkent shahri hamda Qashqadaryodan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlarning dilbar qo‘shiqlari va jo‘shqin chiqishlari bilan yanada fayzli tus oldi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov, «Nihol» mukofoti sovrindori Yodgor Mirzajonov, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining taniqli san’atkorlari ishtirok etib, ko‘kdalaliklarga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Maydon uzra yangragan Vatan, tinchlik va istiqlolni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, rang-barang sahna chiqishlari, sport namoyishlari va tarixiy kompozitsiyalar bayramning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi. Ayniqsa, aholi va yoshlarning tantanalardagi faol ishtiroki, ularning quvonchi va samimiy ehtirosi bayram shukuhini yanada oshirdi.

Bu kun Ko‘kdala ahli uchun nafaqat shodiyona, balki 35 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lining munosib sarhisobi, bugungi tinch va farovon hayotning qadrini his etish, ertangi buyuk maqsadlar sari yanada ishonch bilan qadam tashlash bayrami bo‘ldi.

Qashqadaryo teatri ijodkorlari uchun esa ushbu tantanalarda ishtirok etish — san’atning insonlarni birlashtiruvchi, qalblarga ezgulik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini singdiruvchi beqiyos kuch ekanini yana bir bor namoyon etish imkoni bo‘ldi.

Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratish yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati

Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt