Yuksak e’tirof — sharaf va iftixor!
Yuksak e’tirof — sharaf va iftixor!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli sohalarida samarali mehnat qilib, milliy taraqqiyotimizga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz qatorida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining ham mehnati yuksak e’tirof etildi.
Teatr direktori O‘tkir Mahmatqulov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, ustoz san’atkor Xurriyat Isroilovaning mamlakatimiz teatr san’ati rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissalari munosib baholanib, ular «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Bu yuksak mukofot — nafaqat shaxsiy mehnat va ijodiy faoliyatga berilgan e’tirof, balki teatr san’atiga, milliy madaniyatimizga, el-yurt ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lidagi fidoyilikka ko‘rsatilgan yuksak hurmat ifodasidir.
Hurmatli O‘tkir Mahmatqulov va aziz ustozimiz Xurriyat Isroilova!
Sizlarni ushbu yuksak e’tirof bilan Qashqadaryo teatri jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning ko‘p yillik mehnatingiz, san’atga sadoqatingiz, teatr ravnaqi va ijodiy jamoa kamoloti yo‘lidagi fidoyiligingiz barchamiz uchun ibratdir. Ushbu nishon sizlarning sharafli mehnat yo‘lingizga berilgan munosib baho sifatida qalbingizda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirsin.
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasini ana shunday quvonchli e’tiroflar bilan qarshi olayotganimiz barchamiz uchun katta baxt!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, yangi ijodiy zafarlar va teatr san’ati ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
