MADANIYAT VA SAN’ATGA E’TIBOR

MADANIYAT VA SAN’ATGA E’TIBOR

Mustaqillik — milliy san’atimiz va madaniyatimiz taraqqiyotiga keng yo‘l ochgan, ijod ahlining salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratgan buyuk ne’matdir. Bugun yurtimizda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, avvalo, inson ma’naviyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni kelgusi avlodlarga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktrisasi, «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni sohibi Mohichehra Abdurahmonova yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy bayram tabrigini yo‘lladi.

Tabrikda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz hayotidagi yangilanishlar, madaniyat va san’atga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning ahamiyati alohida ifoda etiladi.

Zero, san’at — millatning ruhiy qiyofasi, madaniyat esa uning ma’naviy tayanchidir. Ijodkorlar esa ana shu bebaho qadriyatlarni xalq qalbiga yetkazuvchi ezgulik elchilaridir.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati

Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt