VATAN VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH

VATAN VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH

Vatan tuyg‘usi — inson qalbidagi eng muqaddas va beqiyos tuyg‘ulardan biri. O‘z Vatanini anglagan inson uning tarixini, tilini, qadriyatlarini va bugungi taraqqiyotini ham chuqur his etadi. Milliy o‘zlikni anglash esa ana shu tuyg‘ularni asrab, kelajak avlodga yetkazish mas’uliyatini yuklaydi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi vakillari tomonidan tayyorlanayotgan bayram tabriklari turkumida Bahora Xolmurodova ham yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Uning bayram tabrigida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi va mustaqillikning inson hayotidagi beqiyos ahamiyati mujassam.

Zero, Vatanni sevish — uning har bir yutug‘idan faxrlanish, milliy o‘zligimizni asrash esa ajdodlar merosiga munosib bo‘lishdir.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati

👉Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt