QASHQADARYO   VILOYATI  MUSIQALI DRAMA TEATRIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”!

QASHQADARYO   VILOYATI  MUSIQALI DRAMA TEATRIDA

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”!

Aziz tomoshabinlar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!

📅 2 SENTYABR — “NUSXALAR”
🎭 A. Qahhor asari
🎶 Musiqali komediya

Kulgi, hajv va hayotiy haqiqatlar uyg‘unlashgan ushbu spektakl bilan kayfiyatingizni ko‘taring!

📅 3 SENTYABR — “FIDOYI”
🎭 Farmon Toshev asari
🔥 Drama

Inson taqdiri, jasorat, sadoqat va fidoyilik haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan sahna asari sizga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi.

🌟 TEATR — IBRATXONADIR!

Aziz yurtdoshlar, qadrli tomoshabinlar!
Yaqinlaringiz, oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni birga olib keling. Siz uchun eshiklarimiz ochiq!

🎟 Kirish — MUTLAQO BEPUL!
🕚 Boshlanishi — soat 11:00 da.

🎭 Sizni teatrda kutamiz!
Birgalikda bayram qilamiz, birgalikda teatr zavqini his etamiz!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati