#XUSHXABAR YANGI YUTUQ — YANGI MARRALAR SARI

#XUSHXABAR

YANGI YUTUQ — YANGI MARRALAR SARI

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi uchun yana bir quvonchli va tarixiy voqea yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 iyundagi “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Madaniyat vazirligining 8 yundagi 276-sonli  buyrug‘iga asosan, respublikadagi bir qator yetakchi teatrlar qatorida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga ham 2027 yil 1 yanvardan boshlab 1-toifa maqomi berildi.

Mazkur qaror teatrning so‘nggi yillardagi samarali ijodiy faoliyati, xalqaro va respublika miqyosidagi festivallar hamda gastrol safarlaridagi faol ishtiroki, tomoshabinlar qamrovi va pul tushumi ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, shuningdek repertuar rejalarining to‘liq va sifatli bajarilganligi inobatga olingan holda qabul qilindi.

Bugun bo‘lib o‘tgan jamoa yig‘ilishida teatr direktori O‘.Maxmatqulov mazkur buyruqni ijodkorlar va xodimlarga o‘qib eshittirdi. Quvonchli xabar teatr ahli tomonidan katta mamnuniyat va ko‘tarinki ruh bilan qarshi olindi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan teatrning yetakchi san’atkorlari va ijodkorlari ushbu e’tirof jamoa mehnatining munosib bahosi ekanligini ta’kidlab, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etish, teatr faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda akademik teatr maqomini qo‘lga kiritish yo‘lida astoydil mehnat qilishlarini bildirdilar.

Mazkur yutuq teatr jamoasini yangi ijodiy izlanishlar, yangi spektakllar va yanada yuksak natijalar sari ruhlantirishi shubhasiz.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  matbuot xizmati

Конец формы