“Teatr – ibratxonadir”

“Teatr – ibratxonadir”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarorining 14-bandida aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshirish  vazifasi belgilab berilgan.

15 aprel kuni  Turkiyalik rejissyor Kubilay Erdilikara tomonidan sahnalashtirilgan N.Gogolning “Tentakning yozmalari” spektakli  tomoshabinlar uchun namoyish  etildi. Speketakldagi  har bir voqelik muxabbat va san’atning abadiyligi haqida boradi. Shuningdek, har bir obraz ramziy ifoda etiladi.   Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan namoyish etilgan N.Gogolning “Tentakning yozmalari” spektaklida   Harbiy xavfsizlik mudofaa universiteti talabalari ishtirok etdi. “Tentakning yozmalari” spektakli  talabalar  tomonidan katta  qiziqish va olqishlar bilan  qarshi olindi. Shuningdek,  Harbiy xavfsizlik mudofaa universiteti rahbariyati tomonidan teatr jamoasiga o‘z tashakkurini bildirdi. Spektakl yuqori saviyada tashkil etilldi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati