15 aprel O‘zbekistonda “Madaniyat va san’at xodimlari kuni”

15 aprel O‘zbekistonda “Madaniyat va san’at xodimlari kuni”

Ma’lumki, 15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” yurtimizda keng nishonlanmoqda. 15 aprel O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida umumiy jamoa majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda teatr direktori O‘tkir Karimovich Maxmatqulov soha xodimlari hamda teatr jamoasini tabriklash va ularni fidokorona xizmatlarini e’tirof etishdan boshladi. Shuningdek, samarqandda bo‘lib o‘tgan festivalda munosib ishtirok etgani uchun teatr jamoasiga o‘z tashakkurini izhor etdi.

Yig‘ilishda teatrning fidoiy ustozlari va sohada faol ijod qilib kelayotgan bir guruh ijodkorlar teatr rahbariyatining  maxsus “Teatr fidoiysi” ko‘krak nishoni hamda teatr boshlang‘ich kasaba uyushmasi rahbari a.Boyto‘raev tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Yig‘ilishi ishtirokchilarini teatrning bosh rejissyori F.Boynazarov hamda yetakchi aktyor O.Mamatovlar barcha madaniyat va san’at ahlini va teatr jamoasi samimiy muborakbod etdi. 15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida ham bayramona kayfiyatda kutib olindi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin,  fidoiy  Madaniyat va san’at ahli!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  matbuot xizmati