O‘tkir Karimovich Maxmatqulovdan maxsus bayram tabrigi.
# TABRIK!
15 aprel O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘tkir Karimovich Maxmatqulovdan maxsus bayram tabrigi.
15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” yurtimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram asrlar osha fidokorona xizmat qilib kelayotgan ko‘plab sohani o‘z ichiga oladi. Jumladan, teatr, sirk, kino, tasviriy va amaliy san’at, folklor va mumtoz maqom san’ati vakillari, o‘qituvchi va murabbiylar, shoir va adiblar, xonanda, sozanda va bastakorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna rassomlari va texnik xodimlar, hunarmandlar, muzeyshunoslar, respublikamiz hududlarida ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etib, elimizga sidqidildan xizmat qilayotgan sohaning barcha xodimlari, jamiki ijod ahliga daxldordir.
Barcha madaniyat va san’at ahlini Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘tkir Karimovich Maxmatqulov barcha soha ahlini samimiy muborakbod etadi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
