Amir Temur siymosi – millat va yurt iftixori

Amir Temur siymosi – millat va yurt iftixori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori  ijrosi yuzasdan  A.Temur tavalludi barcha joylarda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan 7 aprel kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston respublikasi san’at arbobi I.To‘raev tomonidan sahnalashtirilgan N.Shodmonovning “Oqsaroy” spektakli namoyish etildi. Ushbu spektakl namoyishida Qarshi davlat Texnika universiteti hamda xalqaro innnovatsion texnologiyalari instituti talabalari, shuningdek,  viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

“Oqsaroy” spektaklida tamaddunning Sohibqironi, adolat va jasoratning timsoli, buyuk davlatchilikning Sharqdagi oqil sarkori, mangu bitik – obidalarning bunyodkori bo‘lmish  Amir Temurning suvrati va siyrati  namoyon bo‘ladi. “Oqsaroy” Temur tuzgan buyuk  davlatining ramzi sifatida bunyod etilar ekan, unga hayrihoxlik bilan qo‘yilgan har bir g‘isht  oltin kabi qiymat topajagi va bu yo‘lda unga g‘ov bo‘lgan adlsizliklarga qarshi Adolat kuchi bilan zafar qozonilishi aks etirildi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish hamda olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati