“Xalqaro teatr kuni” nishonlandi.
“Xalqaro teatr kuni” nishonlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan 30 mart kuni “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan “Mumtoz” restoranida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirini Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘Shzbekiston Respublikasi san’at arbobi I.To‘raev hamda hamda teatr direktori O‘.Maxmatqulovlar tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Ular o‘z so‘zlarida teatr xodimlarining faoliyatiga yuqori baho berib, jahon sahnalarida ham munosib ishtirok etayotganligini, Madaniyat vazirligi tomonidan berilayotgan har bir topshiriq ijrolarini o‘z vaqtida namunali tarzda bajarayotganliklarini e’tirof etib o‘tishdi. Shundan so‘ng, viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmasi hamda teatr rahbariyati tomonidan yil davomida faol ijod qilgan bir guruh teatrning ijodiy hamda texnik xodimlariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Har yilgi an’anaga muvofiq, “Yilning eng yaxshi teatr xodimi” nominatsiyasiga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi M.Abdurahmonova, iqtidorli aktyorlar Sh.Shoniyozov hamda S. Badirovlar munosib ko‘rildi.
Bayram tadbiri go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulanib, teatr san’ati xodimlariga munosib tarzda bayram shukuhli tarzda keng nishonlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
