“Bir ko‘chat – ming baraka”

“Bir ko‘chat – ming baraka”

“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan. Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turibmiz”.

Sh.Mirziyoev

 

Davlatimiz rahbari  tashabbusi bilan “Yashil makon” ummummilliy  loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatda katta umumiy hashar tashkil etildi.  Hasharda mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollar milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilinib,  yoshlarga namuna bo‘lgan holda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining old maydonida turli manzarali  nihol va gullar,  mevali daraxtlar va ko‘chatlar ekildi. Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbirda viloyatning mahalla oqsoqollari, nuroniylari bosh bo‘lib, yoshlarga ko‘chat ekish,  milliy qadriyatlarni anglash va yoshlarga kelgusida bog‘ yaratish sirlarini o‘rgatish orqali, vatanga bo‘lgan muhabbatni ham ko‘ngillarga payvand qilingani aks etdi. Ushbu hashar katta ko‘tarinkilik va hamjihatlik bilan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati