“Teatr tomoshalari haftaligi”ning to‘rtinchi kuni
“Teatr tomoshalari haftaligi”ning to‘rtinchi kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi yuzasidan 24-mart kuni soat 11:00da “Teatr haftaligi”ning to‘rtinchi kunida Turkiyalik rejissyor Kubilay Erdilikara tomonidan sahnalashtirilgan N.Gogolning “Tentakning yozmalari” spektakli namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu spektakl Turkiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro teatrlar festivalida Gran pri sovrini qo‘lga kiritgan.
Tomosha davomida qalb va tasavvur oyinangizda bir vaqtning o‘zida muxabbat va nafrat, qo‘rquv va jasorat, hayajon va hissizlik, orzu-umid va armon, sadoqat va xiyonat, martaba va xo‘rlik, maqtov va tahqir, boylik va kambag‘allik, baxt va baxtsizliklar aro ayovsiz kurash ketadi. Insoniyat va Tuyg‘ular kurashi abadiy davom etadi..
Ushbu tadbirda jami 320 nafar tomoshabin qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
