“Teatr tomoshalari haftaligi” start oldi

Qashqadaryo teatrida

“Teatr tomoshalari haftaligi” start oldi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi  yuzasidan 21-mart kuni soat 11:00da  Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Teatr tomoshalari  haftaligi”  yuqori saviyada tashkil etildi. Teatr fayesida spektakllarning dekoratsiyalari, rekvizit va butaforlari, liboslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Teatr  haftaligi” karnay surnay navolari bilan boshlandi. Tadbirni ustoz san’atkorlar, “Shuxrat”medali sohibi Q.Berdiev, “madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi H.Astonova hamda teatr adabiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Xudaynazarovalar tabrik so‘zi bilan boshlab berishdi.  Ular  “Teatr haftaligi”ni ochilish marosimi hamda “Navro‘z” ayyomi bilan tomoshabinlarni samimiy muborakbod etdi.   Haftalikning  ilk   kunida  O‘zbekiston qaxramoni, O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripov tavalludi munosabati bilan shoir qalamiga mansub  “Jannatga yo‘l” spektakli  namoyish  etildi”Jannatga yo‘l” spektakli  tomoshabinlar  tomonidan katta  qiziqish va olqishlar bilan  qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati