Ko‘kdalada bayram shukuhi.

Ko‘kdalada bayram shukuhi.

Ko‘kdala tumanining Yetti Tom shaharchasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan “Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan  teatrlashtirilgan konsert dasturini taqdim etdi.

Bayram tadbirini Ko‘kdala tumani hokimi X.Juraev tuman xotin-qizlariga bag‘ishlangan maxsus bayram tabrigi bilan ochib berdi. Tadbirda ayollarni ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ona va ayolning jamiyatdagi o‘rni, mehr-muhabbati va fidoyiligi tarannum etilgan chiqishlar yig‘ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tadbir davomida bayramona kuy-qo‘shiqlar yangrab, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifoda etildi. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bagishladi.

Ko‘kdala tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiridan maxsus    video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati

 

👉Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt