“Ayol-muhabbat va hayot timsoli”
“Ayol-muhabbat va hayot timsoli”
8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida QarDU o‘qituvchi va talaba xotin-qizlari uchun “Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturida teatrning taniqli san’atkorlari, estrada xonandalari ayol va bahorni madh etuvchi dilbar kuy-qo‘shiqlarni taqdim etdi. Ayniqsa, teatrning so‘z ustasi O.mamatov tomonidan xotin-qizlar haqidagi hajviyalari kechaga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
“Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi QarDU o‘qituvchi va talaba qizlari uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz,bayram dasturlari davom etadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
