Qashqadaryoda “Soliq forumi – 2026” o‘tkazildi.

Qashqadaryoda “Soliq forumi – 2026” o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri binosida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda hududiy iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga bag‘ishlangan Qashqadaryo viloyatining “Soliq forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi. Forum tantanali ravishda tashkil etilgan bo‘lib, ular karnay-surnay naovilari va musiqiy sadolar ostida kutib olindi. Shuningdek, kofe bereyklar tashikil etildi.

Tadbirda 500 nafardan ortiq  tadbirkorlar, hisobchilar, yirik soliq to‘lovchilar, soha ekspertlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Forum doirasida 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, joriy yil soliq qonunchiligiga kiritilgan 110 dan ortiq yangilik va o‘zgartishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Forum oldidan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sohibqiron Amir Temur va uning sarbozlari ishtirokida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoymsh etildi. A mir Temur obrazida iqtidorli aktyor O‘tkir Boyqobilov  mahorat bilan ijro etganligi bois, yig‘ilganlarda katta taaassurot uyg‘otdi hamda olqishlar bilan qarshi olindi.

Sizda Amir Temurning soliqqa nima aloqasi bor degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ammo, quyida A.Temurning bu boradagi aloqadorligiga shunday ta’rif beramiz.  Bilasizlarmi, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur xazratlarini dunyoga keltirgan zaminda turib, inson beixtiyor g‘urur va mas’uliyat hissini tuyadi. Chunki bu tuproq oddiy tuproq emas — bu yerda tarix nafas olgan, iroda shakllangan, orzu imperiyaga aylangan.

Asrlar osha kelayotgan bir sado go‘yo qalbimizga shunday deydi: “Qudrat — zo‘ravonlikda emas, tartibda. Shon-sharaf — mulkda emas, adolatda.”

Temuriylar davlati kuch bilan emas, avvalo mustahkam boshqaruv, aniq tartib va adolatli tizim bilan barpo etilgan. Davlat xazinasi tartib-intizom asosida yuritilgan, soliqlar muayyan qoidalarga tayangan, iqtisodiy munosabatlar adolat tamoyili bilan boshqarilgan. Chunki Temur yaxshi anglagan: davlatni qilich emas, tizim ushlab turadi.

Bugungi Soliq forumi ham ana shu g‘oyaning zamonaviy ifodasidir. Soliq — bu oddiy majburiyat emas, bu davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi. Soliq intizomi — taraqqiyot poydevori. Adolatli va shaffof soliq siyosati — barqaror iqtisodiyot garovidir.  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyatida Soliq forumi – 2026” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  Matbuot xizmati