# OAV biz haqimizda
# OAV biz haqimizda
Qashqadaryo viloyat televedeniyasining axborot informatsion ko‘rsatuvi orqali Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida A.Chexovning “Kalxas” hikoyasi asosidagi Oybek Veysal o‘g‘lining “Oqqush qo‘shig‘i” spektaklining premerasi keng jamoatchilikka yetkazildi.
Jurnalistlar tomonidan tayyorlangan lavhada spektakl mazmuni, tomoshabinlar munosabati va aktyorlar ijodiy ishlari to‘liq yoritilgan. Teatr jamoasi nomidan biz bilan hamkorlikda bo‘lgan Qashqadaryo televediniyasiga ulkan minnatdorlik izhor etamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
