“Oqqush qo‘shig‘i”spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.
“Oqqush qo‘shig‘i”spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida A.Chexovning “Kalxas” hikoyasi asosidagi Oybek Veysal o‘g‘lining “Oqqush qo‘shig‘i” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar karnay-surnay navolari bilan qarshi olindi.

Spektakl premerasida keng jamoatchilik va OAV vositalari vakillari, Texnika universiteti talabalari hamda Qarshi ixtisoslashgan madaniyat maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Spektaklni viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I.To‘raev Latipovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Oqqush qo‘shig‘i” spektakli ramziy ma’noda bir aktyorning so‘nggi lahzalarini aks ettirib, fidoiy san’at vakillarining og‘ir ijod yo‘li mashaqqatlari hamda qalb iztiroblarini ifoda etadi. Zero, oqqushlar boshqa qushlardan farqli ravishda hech qachon sayrashmaydi, faqatgina o‘limidan oldin eng go‘zal qo‘shig‘ini aytisharkan.
Spektakl o‘quvchi va talabalar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
