Xormeystr Shaxzod Norchaevning ijodiy hisoboti
Xormeystr Shaxzod Norchaevning ijodiy hisoboti
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi ish boshlashgan umidli va yosh xormeystr Shaxzod Norchaev bugun orkestr va xor jamoasi bilan birgalikda tayyorlagan ijodiy hisobotini taqdim etdi. Ushbu lavozimda yaqindagina ish boshlaganiga qaramay, jamoa bilan tez kirishib, konsert dasturlari uchun xalqimizga sevimli bo‘lgan retro qo‘shiqlar ustida tinimsiz ishladi hamda ushbu asarni mukammal tarzda jamoa bilan birgalikda taqdim etdi. Teatr rahbariyati nomidan Sh.Norchaevga bunday mas’uliyatli kasbida omad va zafarlar yor bo‘lishini hamda ijodiy izlanishlarida yuksak parvozlar tilaymiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
