“Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektakliga marhamat
“Uyg‘on bolam!”
(Faqat kulmang komediya emas)
spektakliga marhamat
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xayriddin Sultonning “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) asari taniqli va tajribali ustoz rejissor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan “o‘ziga xos uslub, o‘zgacha talqinda muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
“Uyg‘on bolam!” spektaklida millatning taraqqiyotiga bolta urayotgan boqimanda kimsalarning hayotini o‘zgartirishga qaratilgan katta islohotlarning badiiy ifodasi aks ettiriladi.
Ushbu spektakl teatrning har oylik repertuaridan o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar otomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olinmoqda.
Marhamat, Siz ham ushbu spektaklni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, teatr kassalaridan bilet xarid qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun raqamlar: 91-642-02-03, 99-132-32-19
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
