Qashqadaryo teatri jamoasi Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qashqadaryo teatri jamoasi Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati aholisi va mehmonlari! Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 1-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Berdaq nomidagi akademik drama teatrida soat 11:00da hamda 2 noyabr kuni Xorazm musiqali drama tetri sahnasida ham soat 11:00da rejissyor Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirgan Erkin A’zamning “Orol bobo” spektaklini namoyish etadi.
“Orol bobo” spektaklida Orol oddiygina ekologik muammo emas, balki ulkan ma’naviyat parokandaligi, qalblar yemrilishi sifatida aks ettiriladi. Undagi Orolbobo siymosida vatanga cheksiz muxabbat, qurigan orolni esa ko‘ngillar yuksalishi, ertangi kunga umid tuyg‘ulari bilan to‘ldirishga intiladi.
Marhamat, ushbu spektaklda barcha teatr ixlosmandalrini kutib qolamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
