Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining 93- MAVSUM OCHILISHI
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining
93- MAVSUM OCHILISHI
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining 93-mavsum ochilishi tantanali ravishda tashkil etildi. Mavsum ochilishida teatr muxlislari va tomoshabinlar karnay-surnay navolari, go‘zal kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi. Shuningdek, teatr fayesi sahna liboslari va dekoratsiyalarining ko‘rgazmasi bilan bezatildi. Mavsumni teatrning ustoz san’atkorlari Halovat Astonova, Qurbon Berrdiev hamda Parda Nomdorovlar tabrik so‘zi bilan ochib berishdi. Shundan so‘ng tomoshabinlar uchun Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan Xulio Kartasarning “Bemorlarning salomatligi” hikoyasi asosidagi Javlon Jovlievning “Farzandim-ko‘zim qarog‘i” spektaklining premerasi bilan ochildi.
Mavsum ochilishi haqidagi video rolik Qahramon Muzrapov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
