Tantanali kutib olish marosimi
Tantanali kutib olish marosimi
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 19-26-iyul kunlari Portugliyaning Braga shahrida bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etib, 3 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytishdi. Jumladan, “Eng yaxshi liboslar”, “Eng yaxshi dekoratsiya” hamda “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Jahon sahnalaridagi ulkan g‘alabalari sharafiga teatr jamoasi tantanali ravishda hamkasblari hamda soha xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi. Tabrik so‘zini Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston san’at arbobi I.To‘raev ochib berdi. Festival ishtirokchilari o‘z taasssurotlari bilan bo‘lishdi. O‘zbek madaniyati va san’atini Yevropa sahnalarida nufuzini oshirish kabi ijodiy ishlarida teatr jamoasiga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati