TABRIKNOMA!
TABRIKNOMA!
Hurmatli Isroilova Xurriyat Ismagilovna!
Sizni muborak 70 yoshli yubiley ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Teatrdagi 50 yildan ortiq ijodiy faoliyatingiz mobaynida sahnada yaratilgan turli obrazlarda, zamon qaxramoni va tarixiy siymolarning yaratilishida, barcha ommaviy bayramlar va tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishida sizning ham samarali mehnatingiz turibdi. Yosh avlodni teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini ortirish, vatanga muxabbat, yurtga sadoqat, an’ana va qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda Sizning san’atingiz va mehnatingizning o‘rni beqiyos.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi nomidan Sizga uzoq umr, sihat salomatlik, oilaviy san’at shajarasini davom ettirishda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati