Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyatida ijodiy gastrol safarida
Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyatida ijodiy gastrol safarida
O‘zbekiston Respubdlikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-sonli Qaror ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi may oyida Qashqadaryo viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan borishi belgilab berilgan.
Ushbu Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 may kuni Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan karnay-surnay navolari hamda milliy kuy-qo‘shiqlar og‘ushida do‘stona qarshi olindi.
Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri rejissyori A.Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan E.Xushvaqtovning “Andishali kelinchak” spektakli Qashqadaryolik tomoshabinlar uchun namoyish etildi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati