# Flashmob
# Flashmob
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 03-11-21-637-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining orkestr jamoasi tomonidan Eski shahar bozori hududida eksklyuziv flashmob tashkil etildi. Bu kabi noodatiy san’at targ‘iboti xalqimiz orasida tarixiy “Maydon san’ati”ni targ‘ib etgan holda, teatr va musiqa san’atiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishi shubhasiz.
Flashmob Qahramon Muzropov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati