Xushxabar! Dog‘istonda o‘zbek rejissyori spektakl sahnalashtirdi.
Xushxabar!
Dog‘istonda o‘zbek rejissyori spektakl sahnalashtirdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Dog‘iston respublikalarining madaniy aloqalari tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Ikki davlatning o‘zaro yaqin tarixi, tili va dini bir-biriga mushtarakligi bu ikki davlat aloqalarini yanada mustahkam ildiz otishiga zamin yaratgan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashabbusi hamda Dog‘iston respublikasining “Ozarbayjon davlat drama teatri” rahbari Firdavsi Askerov taklifiga asosan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining bosh rejissyori Farxod Boynazarov tomonidan joriy yilning 20 may sanasidan boshlab Q.Norqobilning “Soyangga ham sir aytma” asarini sahnalashtirish ishlari olib borildi.
Dog‘iston respublikasining “Ozarbayjon davlat drama teatri”da Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan Q.Norqobilning “Soyangga ham sir aytma” spektaklining premerasi 22 iyun sanasida bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi nomidan teatr bosh rejissyori BOYNAZAROV FARXOD ERKINOVIChning ushbu spektaklni muvaffaqiyatli sahnalashtirgani, ikki davlatda yana do‘stona aloqalarni mustahkamlagani bilan samimiy muborakbod etamiz. Farxod Erkinovichningijodiy ishlarida yuksak parvozlar va ulkan omadlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati