XUSHXABAR!

XUSHXABAR!

2025-yil 22-iyun kuni Dog‘istonda Ozarbayjon Davlat drama teatrida Qo‘shqadara viloyat musiqali drama teatrining  bosh rejissyori Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan taniqli o‘zbek dramaturgi Qo‘chqor Norqobilning “Soyangga ham sir aytma” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Spektakl yordamchi rejissyor – Mirza Jum-Jum,  sahnalashtiruvchi rassom-  Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist – Demir Isakov, musiqiy bezakchi – Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist – Sevda Beybalayeva, sinxron tarjima – Aygun Nadjafovalar tomonidan ijodiy hamkorlikda yaratildi.

Spektakl oldidan teatr direktori Askerov F.S. yig‘ilganlarni qutladi hamda maroqli hordiq tiladi. Spektaklda yoshlarning telefonga qaram bo’lib borayotganligi, nafaqat yoshlarning, balki butun jamiyatni tanazzulga tortayotganligi tomoshabinga yumor orqali ifoda etildi.

Spektakl yakunlangach, teatr direktori Firdavsiy Askerov sahnaga Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi va dramaturg, “Soyangdan ham sir aytma” spektakli muallifi Qoʻchqor Norqobilhamda  Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir  Tursun Ali, Jizzax teatri direktori G‘ulom Darxonov, spektaklni  sahnalashtiruvchi rejissor – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining bosh rejissyori Farhod Boynazarov, Ozarbayjon davlat drama teatri bosh rejissyori Sarvar Aliyevlar so‘zga chiqishdi.

Ozarbayjon davlat drama teatri rahbariyati tomonidan “Soyangdan ham sir aytma” spektakli rejissyori Farhod Boynazarovga spektaklni muvaffaqiyatli sahnalashtirgani uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Ma’lumot Ozarbayjon Davlat drama teatri rasmiy saytidan olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati