# Xalqaro hamkorlik samarasi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri Turkiyadagi xalqaro teatrlar festivalda ishtirok etmoqda

# Xalqaro hamkorlik samarasi

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri

Turkiyadagi xalqaro teatrlar festivalda ishtirok etmoqda

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri joriy yilning 23-maydan 1-iyun kuniga qadar Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi  Turkiyaning Denizli buyuk shahar teatrida bo‘lib o‘tayotgan “Xalqaro teatrlar festival”ida Turkiyalik rejissyor Nazif Uslu tomonidan sahnalashtirilgan M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli bilan ishtirok etmoqda.

26 may kuni M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli Turkiyalik tomoshabinlar uchun namoyish etildi. Ikki kishidan iborat ushbu spektaklda  obrazlarni teatrning iqtidorli ijodkorlari Akmal Xudoyorov hamda Mahliyo Jumaevalar ijro etishgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati