“Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektakli taqdimoti

“Uyg‘on bolam!”

(Faqat kulmang komediya emas)

spektakli taqdimoti

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida 2025 yil 1 chorak uchun mo‘ljallangan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xayriddin Sultonning “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) asari taniqli va tajribali ustoz rejissor,  O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan “o‘ziga xos uslub, o‘zgacha talqinda muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.

“Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektaklining ko‘rigida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida tuzilgan badiiy kengash a’zolari-vazirlikning repertuar bo‘limi boshlig‘i Tursunoy Fayzullaeva,  San’atshunoslik fanlari doktorlari, professor Omonillia Rizaev hamda Oybek Kopadzelar ishtirok etishdi. Spektakl xususida mutaxassislar tomonidan kerakli xulosalar va takliflar aytib o‘tildi.

“Uyg‘on bolam” (Faqat kulmang komediya emas) spektakli orqali millatning taraqqiyotiga bolta urayotgan boqimanda kimsalarning hayotini o‘zgartirishga qaratilgan katta islohotlarning badiiy ifodasi aks ettiriladi.

Spektakl mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, bir ovozdan  repertuar uchun qabul qilindi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati