#Tomoshabin e’tirofi!
#Tomoshabin e’tirofi!
Ma’lumki, 27 mart Xalqaro teatr kuni munsosabati bilan respublika teatrlarida 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi. Jumladan, ushbu haftalik tadbirlari Qashqadar1yo viloyati musiqali drama teatrida ham ko‘tarinki ruhda bir hakfta mobaynida teatr repertuaridagi eng sara spektakllarni tomoshabinlarga namoyish etildi. Ushbu haftalik doirasida eng faol ishtirok etgan tomoshabinlar uchun teatr rahbariyati tomonidan maxsus bir oylik bepul chiptalar sovg‘asi tashkil etilgan edi. Ushbu chiptalar Qarshi axborot va menejment universitetining talabalari Malika Po‘latova hamda Ne’matillaeva Ruxshonalarga taqdim etildi. Ularning teatr haftaligi doirasidagi spektakllar hamda ingliz tilidagi maxsus tabriklarini e’tiboringizga havola etamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
