# TEZ KUNDA

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xayriddin Sultonning “Faqat kulmang!” asari taniqli va tajribali ustoz rejissor,  O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan o‘ziga xos uslub, absurd  janrida, o‘zgacha talqinda sahnalashtirilmoqda.  Kambag‘allikni qisqartirish mavzusidagi ushbu spektakl hayotiy voqeliklarga boy tarzda, boqimanda oilalarga qarshi yumor bilan kurashiladi. Spektakl juda kulguli voqeliklarga boyligi bilan tomoshabin e’tiborini qozonadi.

Spektaklga tashrif buyurishni unutmang, faqat kulmang!

Spektakl tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati