Teatrda QDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari

Teatrda QDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari

28-oktyabr kuni soat 16:00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xayriddin Sultonning “Faqat kulmang!” asari asosida  taniqli va tajribali ustoz rejissor,  O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan o‘ziga xos uslub, absurd  janrida, o‘zgacha talqinda sahnalashtirilgan  “Uyg‘on bolam” spektakli QDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun namoyish etildi. Spektaklda bugungi kunning global mavzularidan biri bo‘lgan kambag‘allikka qarsha kurash mavzusi spektaklning bosh mezoni qilib olingan. Qiziqaprlisi, unda davlatimiz yaratib berayotgan ulkan imkoniyatlardan foydalana olmagan  ilmsiz va bilim olishga befarq yoshlar hayoti ham yumor ostiga olingan holda aks ettirilgan.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati