Teatr tomoshalari haftaligining uchinchi kuni.

Teatr tomoshalari haftaligining uchinchi kuni.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi  yuzasidan 23-mart kuni soat 11:00da  “Teatr  haftaligi”ning uchinchi kunida   I.Qurbonov loyihasi asosidagi “O‘zbekman” teatrlashtirilgan tomoshasi premera tarzida tomoshabinlar uchun nayioyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari karnay surnay navolari hamda romantik musiqa sadolari ostida spektaklga tashrif buyurdi. Eng quvonarlisi, bugungi tomoshabin spektakldagi har bir sahnada  o‘zlari ishtirok etgandek, birga kuylashdi hamda chuqur taaassurotlar olishdi.

Ushbu musiqiy tomoshada o‘zbek xalqining qadim o‘tmishidan to  bugungi dorulomon kunlarigacha bo‘lgan tarixiy voqeliklar teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari orqali aks etadi. Unda ibtidodan boshlab, turkiylar manglayida quyosh kabi balqigan,  dunyoni ilm-fan bilan zabt etgan allomalari, olimlaru, sarkardalari va ma’rifat ahlining peshvolari siymolari gavdalanadi. Binobarin so‘z va ohang qudratidan tug‘ilgan olamshumul san’at bog‘ining bog‘boni ham shu o‘zbek xalqi ekanligini sahnada namoyon bo‘ldi.

 

Ushbu tadbirda jami 380 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati