“Teatr tomoshalari haftaligi”ning ikkinchi kuni   

“Teatr tomoshalari haftaligi”ning ikkinchi kuni 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi  yuzasidan 22-mart kuni soat 11:00da   “Teatr  haftaligi”ning ikkinchi kunida  Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan Farmon Toshevning “Fidoyi” spektakli namoyish etildi.

Spektaklda 1937 — 1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod qatag‘on siyosatining qurbonlari orasidagi prokuratura xodimlaridan biri Badriddin Sharipov hayotining sinovli va og‘ir kunlari haqida hikoya qiladi. Spektakl o‘ziga xos uslubda ijro etiladi. Bu kabi millat fidoiylari bugungi yorug‘ kunlar uchun o‘z jonini fido etgan ekan, bugungi avlod u kunlar haqida unutmasligini uqdiradi.

Spektakli  tomoshabinlar  tomonidan katta  qiziqish va olqishlar bilan  qarshi olindi.  Ushbu tadbirda jami 200 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati