“Teatr tomoshalari haftaligi” start oldi
Qashqadaryo teatrida
“Teatr tomoshalari haftaligi” start oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi yuzasidan 21-mart kuni soat 11:00da Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi. Teatr fayesida spektakllarning dekoratsiyalari, rekvizit va butaforlari, liboslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Teatr haftaligi” karnay surnay navolari bilan boshlandi. Tadbirni ustoz san’atkorlar, “Shuxrat”medali sohibi Q.Berdiev, “madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi H.Astonova hamda teatr adabiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Xudaynazarovalar tabrik so‘zi bilan boshlab berishdi. Ular “Teatr haftaligi”ni ochilish marosimi hamda “Navro‘z” ayyomi bilan tomoshabinlarni samimiy muborakbod etdi. Haftalikning ilk kunida O‘zbekiston qaxramoni, O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripov tavalludi munosabati bilan shoir qalamiga mansub “Jannatga yo‘l” spektakli namoyish etildi”Jannatga yo‘l” spektakli tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
