Teatr san’atiga oid Qaror o‘qib eshittirildi.
Teatr san’atiga oid Qaror o‘qib eshittirildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 399-sonli Qarori e’lon qilindi. Ushbu Qarorning qabul qilinishi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan haqiqiy shukronalik, faxr va iftixor, shuningdek bayram tuhfasi sifatida qabul qilindi. Teatr direktori O‘tkir Karimovich tomonidan ushbu Qaror jamoaga o‘qib eshittirildi. Qarorning har bir bandi teatr ijodkorlarini ruhlantirdi va ijodiy yuksalishi uchun muhim qonuniy asos sifatida qabul qilindi. Undagi har bir band yuzasidan aktyorlar tomonidan minnatdorlik tuyg‘ulari ifoda etilgan fikr va mulohazalar bildirildi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati