“Teatr kuni”da  “Fidoiy” spektakli namoyish etildi

Teatr kuni”da  “Fidoiy” spektakli namoyish etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.

25 fevral kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bosh rejissyor, “Do‘stlik” ordeni sohibi  Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan Farmon Toshevning “Fidoiy” spektakli  Qarshi shahridagi -sonli maktab o‘quvchilari  uchun namoyish etildi.

Ma’lumki,  1937 — 1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi hamda prokuratura organlari xodimlari xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lgan.

Spektaklda ana shunday qatag‘onga uchraganlar orasidagi prokuratura xodimlaridan biri Badriddin Sharipov hayotining sinovli va og‘ir kunlari haqida hikoya qiladi. Spektakl o‘ziga xos uslubda sahnaning o‘zida tomoshabin bilan bir sahnada ijro etiladi. Bu kabi millat fidoiylari bugungi yorug‘ kunlar uchun o‘z jonini fido etgan ekan, bugungi avlod u kunlar haqida unutmasligini uqdirdi. Aslida Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish va ularning mustaqilligimiz yo‘lidagi sa’y – harakatlarini keng targ‘ib etish,  bu umummilliy harakatga aylanishi zarur.

Spektakl o‘quvchilar  tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati