“Teatr kuni” tadbiri “Kunchiqar” va “Mustaqillik” mahallalarida
“Teatr kuni” tadbiri
“Kunchiqar” va “Mustaqillik” mahallalarida
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarorining 14-bandida aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshirish, «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda «Teatr kuni» tadbirlari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.
17 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Qarshi shahridagi “Kunchiqar” va “Mustaqillik” mahallalarida teatr ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv va teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist S.Qoraboev, “Shuxrat” medali sohibi Q.Berdiev, ustoz san’atkor, so‘z ustasi P.Lutfiev, O.Nabiev, Iqtidorli aktrisa Sojida Ashirova hamda Begzod Toshpo‘latov kabi teatr ijodkorlari ishtirok etishdi. Ustoz san’atkorlar tomonidan askiya va spektakllardan monologlar, yosh ijodkorlar tomondan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu “Teatr kuni” doirasida o‘tgan ijodiy uchrashuv va eatrlashtirilgan konsert dasturlari mahalla aholisi tomonidlan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
